Moskvada “Xalqlar do‘stligi” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

Фото: © Sputnik / Владимир Алексеев

24-oktabr kuni Moskva Davlat Lingvistika Universiteti binosida “Xalqlar do‘stligi” xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi. Forumda yosh ishtirokchilar va keksa avlod vakillari – deputatlar, attashelar, maslahatchilar, yoshlar jamiyatlari va diasporalar raislari ishtirok etdi. Forumdan ko‘zlangan maqsad MDH davlatlaridan kelgan talabalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, katta avlod vakillaridan tajriba o‘rganish, mintaqalararo aloqalarni o‘rnatish va boshqa mamlakatlar madaniyati bilan yaqindan tanishish edi. Forumdagi O‘zbekiston stendi Moskva Davlat Lingvistika Universiteti qoshidagi O‘zbek tili va madaniyati markazi talabalari tomonidan namoyish etildi

Источник