Mehnat muhojirlarini yollagan ish beruvchilar ularni uy-joy bilan ta’minlashi talab qilinadi

Мария Перевощикова/ Фото: РИА Новости/Кирилл Каллиников

Gap maxsus yotoqxonalar, uylar yaratish, kvartiralarni ijaraga olish to‘g‘risida bormoqda – asosiysi, odamlar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari kerak. Bunday qonun loyihasi kuzgi sessiyada Davlat Dumasiga kiritiladi, deb xabar berdi “Izvestiya”. Yangi qoidalarni buzganlik uchun, ish beruvchilar 500 ming rublgacha jarimaga tortiladi yoki 90 kungacha kompaniyaing faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi. Ammo muhojir o‘zi kvartira yoki xonani ijaraga olib, u yerda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u ish beruvchining turar joyidan foydalanishga majbur bo‘lmaydi. “Hozirgi kunlarda oʻnlab mehnat muhojirlarini, koʻpincha oddiy hayot uchun mos boʻlmagan vagonchalarga joylashtirilib, ular roʻyxatdan oʻtkazilmasdan va nazorat qilinmasdan qolmoqdalar”, dedi “Izvestiya” nashriyotiga hujjatni ishlab chiquvchilaridan biri, qoʻmita aʼzosi Sergey Kolunov. – Shuning uchun tartibsizliklar sodir bo‘lib, ba‘zan ularning aybdorlarini aniqlashning imkoni bo‘lmay qolmoqda.

Источник