Фото: mos.ru/depnpol
2023 yil 22 mart kuni Poklonnaya tog’idagi yodgorlik masjidida Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasi ko’magida Moskva shahridagi Musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «Ramazon chodiri» ijtimoiy-xayriya loyihasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu haqda Moskva shahar milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi. Moskva shahrining milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti rahbari Vitaliy Suchkov musulmon diniy tashkilotlari vakillarining poytaxt hududida bo’lib o’tadigan dinlararo tadbirlarda faol ishtirok etishini qayd etdi, shuningdek, Moskva hukumatida Moskva merining mintaqaviy xavfsizlik va axborot siyosati masalalari bo’yicha o’rinbosari Aleksandr Gorbenkoning salomini o’qib eshittirdi.