Moskva shahridagi o’zbek musiqasi konserti vatandoshlar uchun munosib sovg’a bo’ldi

Фото: ИА «Дунё»

Moskva shahrida Andijon yoshlar simfonik orkestri va o’zbek estrada san’atkorlarining gala-konserti bo’lib o’tdi, deya “Dunyo” axborot agetligi muxbiri xabar beradi. Tadbir O’zbekiston madaniyat vazirligi ko’magida vatandoshlar uchun yangi yil bayramlari arafasida tashkil etildi. Gala-konsert mehmonlari sifatida MDH mamlakatlari, diaspora, yaqin xorij mamlakatlari vakillari, shuningdek Rossiya san’at ixlosmandlari ishtirok etdilar. Vatandoshlar ushbu yangi yil sovg’asini ko’tarinki kayfiyat bilan qabul qilishdi, san’atkorlarni gulduros qarsaklar va olqishlar bilan kutib olishdi. Ular xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlov uchun Respublika rahbariyatiga, shuningdek, barcha bepul qatnashishi mumkin bo‘lgan konsert tashkilotchilariga minnatdorchiligini bildirdilar. “Uzoqdan kelib sovg’a qilingan bayram tufayli biz o’zimizni o’z uyimizdagidek, Vatanimizdagidek, his qila oldik”, – deya ular aytishdi.

Источник