IIV migrantlarni RF qonunlariga rioya qilishga chaqirdi

Фото: портал Национальный Акцент.

Internet tarmog’ida Rossiyada ishlayotgan chet el fuqarolariga qaratilgan ijtimoiy rolik paydo bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tayyorlangan va migrantlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga qaratilgan, video Moskva shahri Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti tomonidan tarqatilmoqda.

Videorolik mualliflarining xabar berishicha, 2022-yil boshidan beri 6 mingdan ortiq migrantlar Rossiyadan huquqbuzarliklar tufayli chiqarib yuborilgan. Deportatsiya qilinganlarning aksariyati migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishga jiddiy yondoshganlarida, ishlashda davom etishlari mumkin bo’lar edi:

— Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya qilish hokimiyat organlari tomonidan muammolar bo’lmasligini ta’minlaydi va sizga Rossiyada yashash va mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi, – deyiladi videoda.

Rolik murojaat bilan tugaydi: «Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzmang!».

Источник