Moskvada poytaxt jamoatchiligining milliy-madaniy salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Poytaxtning etnik-madaniy rivojlanishi”

Фото: mos.ru.

Moskvada poytaxt jamoatchiligining milliy-madaniy salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Poytaxtning etnik-madaniy rivojlanishi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi va “Terrorizm – sivilizatsiyaga tahdid” xalqaro loyihasi yakunlari sarhisob qilindi.

 27 oktabr kuni “Moskva millatlar uyi” davlat byudjet muassasasi hududida “Terrorizm – sivilizatsiyaga tahdid” xalqaro loyihasining 2022 yil yakunlari sarhisob qilindi va milliy-madaniy birlashmalar, jamoalar, yoshlar jamoat tashkilotlari va Moskva shahar migratsiya jamoatchiligi “Poytaxtning etnik-madaniy rivojlanishi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati “ShHT Ishbilarmonlik hamkorligining yagona markazi” Tadbirkorlik jamiyatlari uyushmasi, Moskva hukumati huzuridagi Millatlar kengashining etnik-madaniy rivojlanish, ta’lim, migratsiya siyosati, axborot siyosati bo‘yicha, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalari, shuningdek, Moskva Davlat Pedagogika Universiteti Vasiylik kengashi (MPGU), Xalq diplomatiyasi jamg‘armasi va “Tinchlik yaratish” xalqaro jamoat harakati tomonidan Moskva shahri Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi va “Moskva millatlar uyi” davlat byudjeti muassasasi ko‘magida  tashkil etildi.

Источник