Фото: muslim.ru.
13-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi rais o‘rinbosari – boshqaruvchi direktor Rafik Fattaxedinov boshchiligidagi delegatsiya Saxarova qishlog‘idagi ko‘p funksiyali migratsiya markazi davlat byudjet muassasasiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani KMM bosh direktori Sergey Baldin va markazning boshqa xodimlari kutib olishdi. Matbuot xizmatimiz xabariga ko‘ra, RF MDI raisi o‘rinbosari Rafik Fattaxetdinov, mehnat muhojirlarining Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy uzoq muddatli bo‘lishlari va ishlashlari uchun barcha zarur huquqiy hujjatlardan malakali va to‘liq o‘tishlarini ta’minlab, davlat va jamiyat oldidagi muhim vazifani bajarayotgan markaz xodimlariga muftiy Shayx Ravil Gaynutdinning samimiy salomini yetkazdi.