Muhojir yonayotgan uydan ayolni qutgargani uchun mukofot oldi

фотоматериалы Главного управления МЧС России по г. Москве.

Kuni kecha Moskva shahar Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti boshlig‘i Vitaliy Suchkov Krasniy Mayak ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yonayotgan xonadonidan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, ayolni olib chiqqan Eshtemirov Oybek Olim o‘g‘lini faxriy yorliq bilan taqdirladi. Oybek Eshtemirovning so‘zlariga ko‘ra, u taqdirlash marosimidan oldin juda hayajonda edi. Ammo mutlaqo notanish yosh ayolni qutqargan kuni esa, u hech qanday hayajon yoki qo‘rquvni his qilmadi. Tadbirni Moskva shahrining milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Vitaliy Ivanovich Suchkov ochdi. Mukofot ishtirokchilarini qutlab, Eshtemirov Oybek Olim o‘g‘lining qahramonligi va jasorati ham yurtdoshlari, ham moskvaliklar uchun ibrat ekanligini ta’kidladi. Vitaliy Ivanovich Oybek Eshtemirovga qahramonlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirib, so‘zni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Anatolevich Tkachenkoga berdi.

Источник