ФОТО : МТРК «МИР».
O‘zbekistonlik opera xonandasi Toshkent-Moskva-Boku xalqaro yakkalik velosayhatga yo‘l oldi. U bu yo‘lni o‘z kumiri Muslim Magomayevga bag‘ishlagan va uning tug‘ilgan kunida Moskvaga tashrif buyurgan, deb xabar beradi muxbir Andrey Yeganov. – “Yana bir g‘alaba, uchinchi bor yana buyuk Muslim Magomayev huzuriga keldim!” – deb quvonadi opera xonandasi, velosayohatchi Xursand Sherov. Deyarli etti ming kilometr orqada va yana shuncha oldinda. O‘zbekistonlik opera xonandasi Xursand Sherov ko‘p yillardan buyon turli mamlakatlar bo‘ylab sayohat qilib keladi. U bu velosayohatni o‘z kumiri Muslim Magomayevning 80 yilligiga bag‘ishlagan. “Men do‘stlik ko‘prigini ushlab turaman, men xalqlar do‘stligi kuychisiman, xalqlar do‘stligi bayrog‘ini ko‘tarib, buyuk Muslim Magomayev xotirasini o‘zim bilan olib yuraman! Men hali pedalni yana va yana aylantirishim, 14 kilometr yurishim va rekordlar kitobiga kirishim kerak. Butun ter sharini aylanib chiqishni istayman”, deb hikoya qiladi Xursand Sherov. Har kuni Xursand kamida ikki yuz kilometr bosib o‘tadi. Sayohatini ona yurti Toshkentdan boshlagan. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston boʻylab to‘liq bosib o‘tgan. Velosayohatchi Muslim Magomayevning tug‘ilgan kunini Moskvada nishonlashga qaror qildi. Musiqachi yashagan va bugungi kunda unga yodgorlik o‘rnatilgan uy yaqinida. Safar davomida Xursandni ozarbayjon diasporasi vakillari qo‘llab-quvvatlaydi. Ular tunash uchun turar joy bilan yordam berishadi, salomatligi bilan qiziqishadi va Muslim Magomayev ijodi muxlislari bilan uchrashuvlar tashkil etishadi.