Qirg‘iziston davlat banklariga Rossiyada o‘z filiallarini ochishga ko‘rsatma berildi

Фото : Табылды Кадырбеков / Sputnik/ РИА Новости.

Qirg‘iziston hukumati rahbari Akilbek Japarov respublika banklariga davlat ishtirokida Rossiyada filiallar ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga ko‘ratma berdi. Bu haqda u Bishkekda migratsiya mavzusiga bag‘ishlangan forumda ma’lum qildi. Akilbek Japarov tadbir ishtirokchilari oldida so‘zlagan nutqida quyidagi raqamlarni keltirdi: Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan qirg‘izistonliklar o‘z daromadlarining uchdan bir qismini o‘z vatanlariga jo‘natadi, uchdan bir qismi ijara, oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun sarflaydi, yana uchdan bir qismi esa Rossiya Federatsiyasi banklarida saqlaydi. “Oʻtgan yili migrantlar respublikaga ikki milliard somdan ortiq mablagʻ oʻtkazgan. Xuddi shuncha miqdordagi mablagʻlarini ular xorijdagi moliya-kredit muasassalaridagi omonatlarda saqlaydilar. Bu mablagʻlarni mamlakat manfaati uchun ishlatish mumkin boʻlardi”,– deydi Akilbek Japarov.

Источник