Moskvada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Фото : Павел Лисицын / РИА Новости.

31 may kuni investitsiyalar va tashqi savdo Vazirligi hamda eksportni qoʻllab-quvvatlash Agentligi koʻmagida Elchixona binosida “Made in Uzbekistan” koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya hududida namoyish etilishi har yili oʻtkaziladigan va 2018-yilda boshlangan ishlarning davomi hisoblanadi. Ilgari shu turdagi yarmarka Samara, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlarida o‘tkazilgan. Ko‘rgazmani O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov va Rossiya restoratorlar va mehmonxonachilar Federatsiyasi prezidenti Igor Buxarovlar ochib berishdi. Tadbirda Rossiya Restoratorlar va mehmonxonachilar Federatsiyasi, Moskva shahri hukumati, Moskva viloyati va mamlakatning boshqa viloyatlari hukumatlari, Federal bojxona xizmati, Moskva Savdo-sanoat palatasi, toʻqimachilik va yengil sanoat tadbirkorlar Uyushmasi, “Ashan”, “Miratorg”, “Zelgros”, “Eldorado” va boshqa savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, “davra suhbati” formatida parallel uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiyada HoReCa yoʻnalishi uchun mehnat muhojirlarini yollash va jalb qilishni tashkil etish hamda O‘zbekistonning HoReCa yoʻnalishi uchun eksportni kengaytirish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Источник