Фото: НацАкцент
6-9 may kunlari Moskvada qirg‘iz diasporasi jamoat tashkilotlarining Butunrossiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiyaning 25 shahridagi qirg‘iz diasporalari, shuningdek, Moskva viloyatining 55 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishtirok etdi. Diaspora vakillari qirg‘iz xalqining xorijdagi madaniy merosini, jumladan, milliy an’analari, o‘ziga xosligi, madaniyati va tilini saqlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Forum ishtirokchilari diasporani shakllantirish va mustahkamlash borasida ham o‘z tajribalari bilan almashdilar. Bundan tashqari, ma’ruzachilarning chiqishlari qirg‘izlarning yashayotgan davlat jamiyatiga moslashishi va integratsiyalashuvi, qirg‘izlarning fan va ta’limi, migratsiya va ijtimoiy muammolariga bag‘ishlandi. Forumda Qirg‘iziston elchixonasi va Ichki ishlar vazirligi vakolatxonasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Barcha diaspora tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumini imzolandi. Forum ishtirokchilari 28 panfilovchi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi hamda Volokolamsk viloyatining Nelidovo va Dubosekovo qishloqlaridagi ommaviy qabrlarni ziyorat qildi. U yerda Qur’on o‘qib, qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, delegatlar Poklonnaya to‘gidagi Shon-shuhrat muzeyini aylanib, Murmansk diasporasiga forum estafeta kubogini topshirishdi.