Фото: Сергей Ведяшкин/АГН «Москва»
So‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining 60 % o‘z vataniga qaytishni rejalashtirmayapti, dedi respublika Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari o‘rinbosari Azizbek Yunusov. Shu bilan birga, ishchilarning 24 % ishsiz qolgan taqdirdagina Rossiyani tark etish haqida o‘ylab ko‘rishlarini aytgan, deb yozadi “Interfaks”. 15 ming so‘rov qatnashqilaridan 24 % ishlayotganini va agar ishdan ayrilsa, qaytib kelish haqida o‘ylashini, 36 % mehnat shartnomasi borligini va qaytish haqida o‘ylamasligini aytgan,– xabar berdi Yunusov. So‘rov ishtirokchilarining taxminan 15 % allaqachon ishini yo‘qotgan va ketishga qaror qilgan. O‘zbekistonliklarning 25 % uchun rublning qadrsizlanishi Rossiyani tark etish istagiga sabab bo‘lgan. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2022-yil boshidan buyon Rossiyadan Oʻzbekiston hududiga 133 ming mehnat muhojiri qaytgan. Mart oyida ularning soni 50 mingga yetdi.