Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi muhtojlar foydasiga “Ramazon Karim – 2022” aksiyasini e’lon qiladi

Фото: акции «Рамадан Керим — 2022»

2022-yil 1-apreldan Moskva va Moskva viloyatidagi ehtiyojmandlardan “Ramazon Karim – 2022” aksiyasi doirasida oziq-ovqat to‘plamlarini olish uchun arizalar qabul qilinish bodshlanadi. Bundan tashqari, Moskva jome’masjidi hududidagi maxsus qurilgan chodirda har kuni yuzlab mo‘minlar issiq iftorlik taomlari bilan siylanadi. Aksiya Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi tomonidan muftiy shayx Ravil Gaynutdin marhamati va xayriyachi Sulaymon Kerimov ko‘magida o‘tkazilmoqda. Aksiyani amalga oshirish uchun qo‘ng‘iroq-markaz tashkil etilgan. Ramazon oyi davomida arizalar shanbadan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha 8 495 150 16 70 raqami orqali qabul qilinadi. Oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish Moskva jome’masjidi hududida tashkil etiladi. Ariza bo‘yicha tarqatish kuni va vaqti murojaat etuvchiga qo‘ng‘iroq-markazga qo‘ng‘iroq qilganda xabar qilinadi. “Ramazon Karim” aksiyasi Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi tomonidan xayriyachi Sulaymon Abuseidovich Kerimov ko‘magida uchinchi bor o‘tkazilmoqda.

Источник