Ichki ishlar vazirligi huzuridagi kengash aʼzosi migratsiyani ijobiy hodisa deb atadi

Фото с сайта mk.ru

Mamlakatlar o‘rtasidagi migratsiya ijobiy jarayondir. Bu haqda 10 fevral kuni IIV huzuridagi jamoat kengashi aʼzosi, migratsiya jarayonlari boʻyicha mutaxassis Vladimir Volox Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.  “Migratsiya muammosini umumiy qaraydigan bo‘lsak, bu ijobiy hodisa. Bu turli davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilaydi. Migratsiya haqida gapirganda, odamlar nafaqat bizga keladi, balki biz ham chetga chiqamiz”,– deydi Volox. Shuningdek, muhojirlarning sezilarli qismi Rossiyaga madaniy almashinuvlar yoki sport tadbirlari orqali kelishini qayd etdi. “Ammo bir yilda keladigan umumiy muhojirlar sonining 2022-yilda 7 millionni tashkil etgan boclsa, shundan 2-2,5 million nafari mehnat muhojirlaridir. Shuni taʼkidlash kerakki, ularning katta qismi qonunga boʻysunuvchi odamlardir»,– deydi jamoatchi.

Источник