Qurilish maydonlarida muhojirlardan bosh tortish imkonsiz deb topildi

Фото: Евгений Павленко / Коммерсантъ.

Qurilish maydonlarida muhojirlardan bosh tortib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

 Uning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda muhojirlardan bosh tortishning iloji yo‘q. Poytaxtda faqatgina chet ellik ishchilar sonini cheklash mumkin. “Keling, haqiqatni ko‘ziga tik qaraylik! Odamlarga odamlarning boshqa davlatdan kelganligi, boshqa tilda gaplashishi, madaniyati boshqacha ekanligi yoqmaydi. Lekin xizmatlar narxi, agar muhojirlar ishlatilsa, ancha arzon”,– deya tan oldi Xusnullin.

Uning ta’kidlashicha, migrantlardan bosh tortilgan taqdirda, ularning mehnatidan foydalaniladigan barcha xizmatlar narxi kamida 30 foizga oshadi. Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, narxning oshishi uchun yakuniy iste’molchi to‘laydi. “Mamlakatda muhojirlar bo‘lishini istamaymiz desak, bu ham variant. Lekin bu holatda ko‘chalarni kim tozalaydi? Kim quradi?” – deya izoh berdi Xusnullin va hozir Rossiyada olti million xorijlik borligini qo‘shimcha qildi.

Источник