Фото: кадр из видео Гусейн Гасанов и Арутюн Назарян.
Qirg‘izistondan Moskvaga kelgan saxovatli taksi haydovchisining videosi 13 soat ichida 1,1 milliondan ortiq “layk” to’pladi. Video mualliflari asli kelib chiqishlari ozarbayjon va arman millatiga mansub mashhur blogerlar, ikki do‘st – Guseyn Gasanov va Arutyun Nazaryanlar edi. Yosh yigitlar poytaxtdagi taksi haydovchilarini mehribonlik va rahmdillik darajasini sinash uchun ijtimoiy tajriba o‘tkazdilar. Taksi haydovchilariga faqat bitta savol berildi: Siz shoshilganlaridan uyda hamyonlarini unutib qoldirgan yoshlarni manzillariga tekinga olib borib qo’yishga tayyormisiz? Bir nechta haydovchilar buni qilishdan bosh tortdilar va faqat bittasigina rozi bo’ldi.