Фото с сайта Migrant-mobile.com.
Moskva hukumati 2022 yilda mehnat muhojirlari uchun patent narxini oyiga 5341 rubldan 5900 rublgacha oshiradi. Bu haqda Moskva merining Mos.ru rasmiy sayti xabar bermoqda. Moskva hukumati vaziri, iqtisodiy siyosat departamenti rahbari Kirill Purtovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Rossiya poytaxtida mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi, uning asosida patent narxi hisoblanadigan koeffitsiyent oshadi. Koeffitsiyent 2,3878 dan 2,4832 gacha ko’tariladi.