Migrant xodimlarni o’rgatish va integratsiyasi: ish beruvchilar o’rtasida yangi trend

Фото: РИА Новости/Рамиль Ситдиков.

Moskvada joylashgan «Fud Siti» agroklasterining xodimlari migrantlar uchun tillar va integratsiya mashg’ulotlari o’tkazish bo’yicha tashabbus bilan chiqishdi. Bozor axborot xizmatining xabar berishicha, kurslarning bosh mavzusi bo’lib rus madaniyati va an’analari asoslari, shunigdek mahalli aholining mentalitetini o’rganish bo’ldi. Shuningdek, kurslarda xodimlar muallimlar bilan rus tili grammatikasining o’ziga xos xususiyatlarini muhokama qilishadi, Rossiyada muomala qilish qoidalari va me’yorlarini o’rganishadi. Mashg’ulotlar dasturlari migrantlarning professional majburiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Kurslarni «Fud Siti»ning bir necha yo’nalish: RF qonunchiligi, nutq madaniyati, rus tili, texnika xavfsizligi va boshqalar, bo’yicha pedagogik tayyorgarlikni o’tagan xodimlari tomonidan o’tkaziladi. Ta’kidlash joizki, bu Rossiya kompaniyalari va tadbirkorlarining mehnat migrantlari ta’limi va integratsiyasi bilan birinchi marta shug’ullanishi emas. MEDIA-MIGning 2021 yil mayida yozganidek, Delivery Club – Rossiyada mahsulotlarni yetkazib berishning eng yirik xizmati, KB Strelka konsalting kompaniyasi bilan birgalikda rus, qirg’iz, tojik va o’zbek tillarida velokuryerlarni yo’l harakati qoidalariga o’rgatish bo’yicha o’qitish dasturini ishga tushirgan.

https://media-mig.ru/business/obuchenie-i-integracija-sotrudnikov-migrantov-novyj-trend-sredi-rabotodatelej/