IIV Rossiyada qonun buzuvchi migrantlarni legallashtirish yuzasidan loyiha tayyorlamoqda

Rossiyada mamlakatda bo‘lib turish tartibini buzgan migrantlarga fuqarolik berishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi. «Loyiha bilan o‘zgacha sharoitlarga tushib qolgan xorij fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning mamlakatda bo‘lib turish tartibi va shartlari belgilanadi», – deya izoh berishdi IIV da TASS uchun. Qonun qabul qilingan taqdirda Rossiya fuqaroligini so‘rab murojaat qilishi mumkin bo‘lgan shaxslarni insonparvarlik nuqtai nazaridan belgilash imkoni yaratiladi. Aniq bir huquqiy maqomsiz Rossiyada uzoq yillar davomida yashab kelganlar xatto uni tezlashtirilgan tartibda olishlari mumkin.
https://ura.news/news/1052478917