Yiriq qurilish kompaniyalariga mehnat migrantlarini Moskvaga olib kirishga ruxsat berildi

Xorijiy mutaxassislarni vaqtincha jalb qilish algoritmi federal darajada tasdiqlandi. Bu haqda Moskva merining rasmiy saytida xabar beriladi. Qurilish ob’ektlariga mehnat migrantlarini jalb qilish masalasi iqtisodiyot va Moskva shahrini rivojlantirish departamenti hamda investorlar va yirik qurilish kompaniyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda muhokama etildi. Migrantlarni ishga yollash imkonini beruvchi talablar sifatida qurilish tashkiloti shtatida 250 ta xodim mavjud bo‘lishi, qarzdorlikning yo‘qligi va yiliga 2 milliard rubldan yuqori daromad topishi belgilandi. Xorijliklarni ish bilan ta’minlashning yana bir omili – amaldagi sanitariya-epidemiologiya talablarini inobatga olgan holda ularni yashash sharoitalri bilan ta’minlash. Shuningdek, rasmiy ravishda ishga joylashtirish va qurilish loyihalari yakunlangach, xorijliklarni doimiy yashash mamlakatiga qaytib ketishlarini ta’minlashdan iborat.
https://readovka.ru/news/71355?utm_source=yandex-news