Unigng fikriga ko‘ra hukumatning 2020 yil 16 martdagi koronavirus infeksiyasi sababli xorijliklarning kelishini vaqtncha cheklovchi farmoyishi Rossiya iqtisodiyotining mutaxassislarga bo‘lgan joriy talabini qondirishga imkon bermaydi. Bosh vazir Mixail Mishustinga yo‘llagan xatida TPP rahbari mehnat migrantlarini kirish taomilarini hukumat hujjati bilan belgilab qo‘yishni, tegishli vakolatlarni esa xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan talabdan kelib chiqadigan hududiy idoralararo komissiyalarga o‘tkazishni taklif qildi. Testdan o‘tkazish, ikki haftalik o‘zini o‘zi alohidalash (karantin) va tibbiy yordam ko‘rsatishni esa ish beruvchi zimmasiga yuklash zarur. Hukumatga shu mazmundagi yanada qat’i chaqiriq bilan Qurilish vazirligi ham murojaat qildi. Vazirlik rossiyadagi qurilishlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talab o‘ta yuqoriligini ta’kidlab o‘tdi. Xatto ishsizlik va quruvchilar oyligining oshirilishi (50 ming rubldan 80-90 ming rublgacha) Rossiya fuqarolarini qurilish sohasiga jalb qilolmayapti. Qurilish vzirligi muammoni mehnat migrantlarini tashkiliy ravishda olib kirish orqali xal etishni taklif qilmoqda. Ularni joylashtirish va rasmiylashtirish, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga chalinmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ham taklif qilayotgan tomon xal etishi zarur. Ish beruvchi ishchilarni doimiy yashash joyi bilan ta’minlash, ularni migratsiya hisobiga qo‘yish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni zimmasiga oladi. Migranlar esa o‘z navbatida Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent olishlari kerak. Qurilish vazirligining tashabbusi Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari va Rospotrebnadzor bilan kelishilgan.
https://rg.ru/2021/02/04/vyzhutovich-pritok-migrantov-privodit-k-poiavleniiu-novoj-raboty-na-rynke.html